Senat Özbekiston va Rossiya hukumatlari örtasida harbiy havo kemalarning mamlakatlar havo hududidan foydalanişini ma'qulladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.  

Ma'lum qilinişiça, mazkur hujjat bir davlatning harbiy havo kemalarining töxtovsiz​ manzilga uçib borişida havo hududidan foydalaniş tartibini aniqlab beradi. 

Senator Valeriy Tyanning aytişiça, hujjat bilan harbiy havo kemalarining boşqa davlat havo hududidan uçib ötişi jarayoni soddalaştiriladi, ruxsat oliş va parvoz vaqti kamayadi. 

«Ayni kelişuv, birinçi galda, Özbekistonning manfaatlariga töla mos keladi. Hujjat harbiy mahsulotlarni yetkazib beriş şartlarini soddalaştirib, taşkiliy masalalarda qaror qabul qiliş tezligini oşiradi», – deydi senator. 

Ma'lumot uçun, «Özbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumat örtasida Özbekiston va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining Özbekiston va Rossiya havo hududidan foydalanişi töğrisidagi Bitim» ötgan yili 12 oktyabrda Toşkentda imzolangandi.

«Harbiy sohadagi hamkorlik bugungi kunda Özbekistonning qator xorijiy mamlakatlar, jumladan Rossiya munosabatlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uşbu yönalişda Rossiya Federatsiyasi bilan aloqalar alohida örin tutadi, çunki uşbu mamlakat muhim xalqaro siyosiy masalalarni hal qilişda katta salohiyatga ega. Bunday hamkorlik nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasidagi munosabatlar, qolaversa, MDH va xalqaro darajadagi taşkilotlar doirasida muhim örin tutadi. 

Rossiya Federatsiyasi doimo Özbekiston Respublikasining asosiy hamkori bölib kelgani ma'lum. Bunday hamkorlik ikki mamlakat harbiy-siyosiy salohiyatining özaro muştarakligi bilan boğliqdir», – deydi senator S.Turdiyev.