Rossiyalik fizik olim va Nobel mukofoti laureati Jores Alfyorov Peterburgda 89 yoşida vafot etdi.

Bu haqda RIA Novosti Alfyorovning rafiqasi Tamaraga asosan xabar bermoqda.

«Bugun Jores Ivanoviç vafot etdi», - dedi Tamara Alfyorova.

Jores Alfyorov 1930 yil 15 mart kuni Vitebskda tuğilgan. U şu kunga qadar Rossiyada istiqomat qilib kelgan, fizika böyiça Nobel mukofotining yagona laureati edi (2000 yilda yarimötkazgiçli geterostrukturalarni işlab çiqqani uçun berilgan). 1991 - 2017 yillarda Rossiya Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti.