Jamşid Kenjayev işi böyiça sud jarayoni davom etmoqda. Navbatdagi sud majlisida jabrlanuvçi, marhumning bevasi Olesya Mirzamurodova körsatma berdi.

«Öşa kungi tuğilgan kunga borişi haqida ança oldin, taxminan bir hafta oldinroq ogohlantirgan edi. Voqea bölgan kuni uy işlari bilan maşğul edim. Keçga yaqin kiyimlarini tayyorlab berişimni söradi. Döstlari yiğilib qolişgandi.

Odatda uyda yöqligida hol-ahvolini biliş uçun har soatda telefon qilib turaman. Oxirgi marta gaplaşganimizda keçki 11:37 edi. Öşanda menga juda iliq gaplar aytdi. Menga va qizimizga bölgan muhabbatini aytdi. Ma'lum vaqt ötgandan söng, dösti Şohrux telefon qilib u şifoxonadaligini aytdi. Tezda şifoxonaga yetib bordik. Ertalab soat 5:00 atrofida qon va boşqa dorilarni olib kelişimizni söraşdi. Uni reanimatsiyada körganimda bizni tark etayotganini tuşundim. Uning tanasi kökarib ketgandi. Şifokorlardan sörasam, qon bosimi juda pasayib ketganini aytişdi. Köp ötmay u vafot etdi.

Hurmatli sud hay'ati, men hali ham bunday dahşatni qabul qila olmayapman. Mendan eng yaqin kişimni, suyukli insonimni tortib olişdi. U mening butun borliğim edi. U juda mehribon va quvnoq edi. Doim boşqalarga ğamxörlik qilardi. Vatanini juda sevardi. Şuning uçun, u sportçilikni tanlagandi. Oğir jarohat tufayli musobaqalarda qatnaşmay qöygandi, lekin maşğulotlarni töxtatmadi.

Videoning faqat boşini köroldim. Yangiliklarni öqiganimda «maxluqlarça öldirildi», deyilgandi. Uni köpçilik bölib har tarafdan urişgan. Bu odamlarda ozgina bölsa ham rahm-şafqat yöq ekan. Şu holida qoldirib ölişini kutişgan. Hurmatli sud a'zolari, men prokuratura va tergov organlari tomonidan adolatli tergov ötkazilganini körmadim. Qotillar erimni şafqatsizlarça urişgan. Eng alam qiladigani, erim yolğiz holda qolib ölib ketgan.

Men hozir ruhan tirik emasman. Mavjud emasman. Ular uçun oddiy odamdir, biz uçun şunçaki bir odam emasdi. Bizga hozir juda oğir. Şuning uçun, hurmatli sud, sizdan adolatli va xolis hukm çiqarişingizni iltimos qilaman.

 

Sportçi bölgani tufayli alkogol iste'mol qilganini körmaganman. Yonida sovuq qurol olib yurganiga ham guvoh bölmaganman.

Videoda şapaloq urgan deyişyapti, erim bekordan-bekorga bunday iş qiladigan odam emasdi», deydi marhumning bevasi.