Fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudida «Aurum-898» tungi klubida öldirilgan sportçi Jamşid Kenjayevning turmuş örtoği Olisya Ruslanovna Mirzomurodovaning boquvçisini yöqotgani sababli yetkazilgan zarar va moddiy va ma'naviy zarar undiriş haqidagi da'vo arizasi böyiça iş körib çiqildi.

Sudning 2020 yil 17 yanvardagi hal qiluv qaroriga köra, javobgar Şodali Ğulomjonoviç Qiliçovdan da'vogar Olesya Mirzomuradova va Yoqubjon Kenjayev (marhumning otasi) foydasiga jinoyat natijasida yetkazilgan ma'naviy zarar uçun 250 000 000 söm (250 mln) miqdorida kompensatsiya undirilişi belgilangan.

Şuningdek, javobgarlar Alijon Xamrayev, Jahongir Yorqulov va Saidazim Kamoldinovdan solidar tartibda marhumning yaqinlari foydasiga jinoyat natijasida yetkazilgan ma'naviy zarar uçun 50 000 000 söm (50 mln) kompensatsiya undirilişi belgilangan.

Bundan taşqari, hal qiluv qaroriga muvofiq, javobgar Şodali Qiliçovdan da'vogar Olesya Mirzomuradova foydasiga boquvçisini yöqotganligi sababli yetkazilgan zararni qoplaş uçun 2018 yil 27 fevralda tuğilgan Aişa ismli farzandining 18 yoşga tölguniga qadar har oyda bazaviy hisoblaş miqdorining 5 barobarining 1/3 qismi (taxminan 372 ming söm atrofida – tahr.) miqdorida zarar undirib boriladi.

Işni körib çiqqan sudya Olimjon Şamsiyevning tahririyatga ma'lum qilişiça, hal qiluv qarori joriy yilning 7 fevral kuni kuçga kirgan va undiruvni ta'minlaş uçun ijro varaqalari çiqarilib, Majburiy ijro byurosining tegişli bölimlariga yuborilgan.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning 8 avgustdan 9 avgustga ötar keçasi, çamasi soat 00:25 larda Yunusobod tumanidagi «Aurum-898» tungi klubi oldida janjal oqibatida erkin kuraş böyiça xalqaro toifadagi sport ustasi 25 yoşli Jamşid Kenjayev piçoqbozlik oqibatida vafot etgandi.

2019 yilning yanvar-mart oylarida uşbu qotillik böyiça sud işi bölib ötgan, jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida ayblanuvçilarga hukm öqilgan, tungi klub qöriqçisi bölgan Şodali Qiliçov jazoni qattiq tartibli koloniyada ötaş şarti bilan 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Şuningdek, tungi klubning boşqa qöriqçilari Saidazim Kamoldinov, Alijon Hamrayev va Jahongir Yorqulovning har biriga 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum qiliş jazosini manzil-koloniyada ötaş