Turkmaniston taşqi işlar vaziri Raşid Meredov Ozarboyjon, Gruziya va Ruminiya taşqi işlar vazirlarining “Kaspiy dengizi – Qora dengiz” xalqaro transport yölagi yaratiş loyihasiga bağişlangan maxsus uçraşuvida iştirok etdi.   

Buxarestda ötayotgan muzokaralar davomida taşqi işlar vazirlari Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni rivojlantiriş doirasida Turkmanboşi, Boku, Poti, Batumi va Konstans portlari orqali yuk taşişlar hajmini oşiriş böyiça çoralarga taalluqli masalalarni muhokama qilişgan. 

Uçraşuv natijalariga köra 4 ta davlat vakillari uşbu transport-logistik loyihani amalga oşirişga tayyorlaş bilan şuğullanadigan işçi komissiyani taşkil etişni közda tutuvçi Buxarest deklaratsiyasini imzolaşdi.

Avvalroq Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov Aşxobod Yevropa Ittifoqi davlatlariga öz tabiiy gazini yetkazişi mumkin böladigan Transkaspiy gaz quvurini qurişdan manfaatdor ekanligini bir neça marta aytgan.