Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy harbiy budjetni 177 mlrd dollarga yetkazishga qaror qildi
Xitoy hukumati 2019 yilda milliy mudofaaga xarajatlarni 177,6 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Xitoyning harbiy budjeti 175 milliard dollarni tashkil qilgan.
Qayd etilishicha, Xitoy Xalq Respublikasining 2017 yilda milliy mudofaaga xarajatlari deyarli 152 milliard dollarga yetgandi.
Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, Xitoy mudofaasi uchun real xarajatlar 25-50 foizga yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xitoylik harbiylar magnitlangan plazmada ishlovchi artilleriya qurilmasi sinovini o‘tkazishayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026