Prezident Nurota tumanidagi "Marmarobod" korxonasida toğ jinslaridan mahsulot işlab çiqariş jarayoni bilan tanişdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari har doim bozor talablarini örganiş, bozorbop mahsulotlar işlab çiqarişni yölga qöyiş zarurligini ta'kidlaydi. Bu tovarning xaridorgirligi, korxonaning barqaror işlaşini ta'minlaydi, deyiladi xabarda.

Xususan, keyingi yillarda ham içki, ham taşqi bozorda pardozbop toşlarga talab oşgan. Nurota tumanida bunday toşlarning katta zaxirasi bor. 

Prezidentning avvalgi taşrifi çoğida berilgan topşiriqqa muvofiq «Marmarobod» davlat unitar korxonasi taşkil etildi. 10 milliard söm mablağ evaziga daştlikdagi 6 gektar yerda zamonaviy korxona işga tuşirildi. Xorijdan 655,5 ming dollarlik texnologiya olib kelinib, yiliga 24 ming kvadrat metr granitni qayta işlaş imkoniyati yaratildi. Qirq kişi iş bilan ta'minlandi. Bular loyihaning birinçi bosqiçi. 

Ikkinçi bosqiçda tabiiy toşlarni qazib oliş va qayta işlaşni klaster usulida yölga qöyiş rejalaştirilgan. Loyiha quvvatini yiliga 3 million kvadrat metrga yetkaziş, mahsulotlar turini köpaytiriş va eksportga yönaltiriş közda tutilgan. Buning natijasida yillik işlab çiqariş hajmi 250 milliard söm, eksport hajmi 10 million dollarga yetişi, bir yarim mingga yaqin iş örni yaratilişi mumkin böladi.

Davlat rahbari korxona mahsulotlarini közdan keçirar ekan, ular jahondagi muqobillaridan qolişmasligini ta'kidladi. Samarali texnologiyalarni qöllaş, transport xarajatlarini arzonlaştiriş hisobidan mahsulotlar tannarxini kamaytiriş, şu orqali taşqi bozorlarga çiqiş böyiça topşiriqlar berdi. Pardozbop toşlarni jahon standartlari asosida çuqur qayta işlaydigan kadrlar tayyorlaş, bunyodkorlik işlarida mahalliy quriliş materiallaridan foydalaniş zarurligi qayd etildi.

Şu yerda Navoiy viloyatida 2019-2020 yillarda quriliş materiallari işlab çiqariş, xitoylik investorlar bilan hamkorlikda marmardan sanoat haykaltaroşligini taşkil etiş, Nurota tumani Ğazğon şaharçasini Boş reja asosida rivojlantiriş loyihalari taqdimoti ötkazildi. 

Prezident mazkur hudud infratuzilmasi va sanoatini rivojlantiriş uçun bu yerga temir yöl olib keliş taklifini bildirdi.