Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yili Navoiy viloyatiga taşrifi çoğida Nurota tumanidagi «Çaşma» ziyoratgohi atrofini kengaytiriş va obodonlaştiriş, sayyohlar uçun zamonaviy mehmonxona quriş yuzasidan körsatmalar bergan edi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, ötgan yili bu işlar töla amalga oşirilib, ziyoratgoh hududi özgaça çiroy oçdi. Ellik örinli «Nurota» mehmonxonasi foydalanişga topşirildi. Manzarali buta va daraxtlar ekilib, favvora bunyod etildi. Ziyoratçilar hordiq çiqarişi uçun söri va örindiqlar örnatildi. Muzey binosi, Hunarmandçilik markazini barpo etiş davom etmoqda.

Davlat rahbari tarixiy qadamjoni ziyorat qildi, bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlarini közdan keçirdi. 

«Çilustun» va «Panjvaqta» masjidlari, Abul Hasan Nuriy maqbarasini rekonstruksiya qiliş rejalaştirilgan.

Şu boradagi loyiha takliflari bilan tanişar ekan, prezident ziyoratçi va çet ellik sayyohlar uçun qulayliklarni oşiriş, talab yuqoriligini inobatga olib yana sakson örinli mehmonxona quriş, sayyohlarga xizmat turlarini köpaytirib, aholini qöşimça daromad bilan ta'minlaş zarurligini ta'kidladi.

Quduqlar barpo etiş va tomçilatib suğorişni yölga qöyiş orqali Nurota tumanidagi lalmi yerlardan samarali foydalaniş, dukkakli ekinlar yetiştiriş va çorvaçilikni kengaytiriş, parrandaçilik-ğallaçilik klasteri taşkil etiş rejalari muhokama qilindi. 

Şavkat Mirziyoyev uşbu barça çora-tadbirlarni qamrab olgan, Nurota tumanini kompleks rivojlantiriş böyiça hukumat qarorini işlab çiqiş yuzasidan topşiriq berdi. 

Mahalliy aholi vakillari - nuroniylar, tadbirkorlar, xotin-qizlar va yoşlar bilan suhbatda şu kabi rejalar, mamlakat va Navoiy viloyatidagi özgarişlar haqida söz bordi.