2019 yilning 14-22 mart kunlari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qiliş milliy axborot-tahlil markazi, Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya BMT Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi (BMT NJB) Narkotik moddalari böyiça komissiyasining Vena şahrida bölib ötadigan 62-yillik sessiyasida iştirok etadi.

Mamlakatning Avstriyadagi elçixonasi ma'lumotlariga köra, tadbir doirasida Özbekiston delegatsiyasi BMT boş kotibi örinbosari, NJB ijroçi direktori Yuriy Fedotov, ŞHT boş kotibi Vladimir Norov, qator xalqaro taşkilotlar rahbarlari va BMT NJB bölinmalari boşliqlari bilan uçraşuv ötkazişi kutilmoqda.

18 mart kuni sessiya doirasida narkotik moddalar tarqalişiga qarşi kuraş böyiça Özbekiston tajribasi va uşbu sohadagi mintaqaviy hamkorlikka bağişlangan xalqaro seminar bölib ötadi.