Ostona şahrida «Özdavkarantin» inspeksiyasi boşliği I. Ergaşev bilan Qozoğiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari G.Isayev örtasida uçraşuv ötkazildi.

«Uçraşuvda anor importiga qöyilgan çeklovni bekor qiliş, şuningdek, karantin ostidagi mahsulotlarning fitosanitar holati, ikki mamlakat karantin xizmatlari örtasida eksport va import qilinayotgan meva-sabzavotlarni fitosanitar körikdan ötkazişda hamkorlikdagi nazoratni yanada kuçaytiriş singari masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida Qozoğistonga Özbekistondan anor olib kiriş uçun örnatilgan vaqtinça taqiq 14 martdan olib taşlanişiga erişildi.

Bugundan e'tiboran eksportçi tadbirkorlar Qozoğistonga anorni fitosanitar nazoratdan ötkazib, eksport qilişlari mumkin», deyiladi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabarida. 

Eslatib ötamiz, Qozoğiston karantin xizmati 20 fevraldan Özbekistondan anor olib kirişni vaqtinça taqiqlagan edi.