Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Tijorat banklarining likvidliligini boşqarişga qöyiladigan talablar töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritiş haqida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.
Tijorat banklarining likvidliligini boşqarişga qöyiladigan talablar töğrisidagi nizomga kiritilişi möljallangan özgartirişlar:
43-2-bandning birinçi xatboşisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“43-2. Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bank kassasidagi naqd pul va boşqa tölov hujjatlari, Özbekiston Respublikasi Hukumatining va Markaziy bankining qimmatli qoğozlari hamda bankning Özbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlaridagi mablağlari (bundan Markaziy bankdagi majburiy zaxira hisobvarağidagi mablağlar mustasno) summasini uşbu Nizomning 3-ilovasidagi röyxatda keltirilgan hisobvaraqlarning qoldiqlari - talab qilib olingunça majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi.”.
52-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“52. Likvidlilikni qoplaş me'yori koeffitsiyenti (LQMK) yuqori likvidli aktivlarning keyingi 30 kun içidagi jami sof çiqimga nisbati sifatida aniqlanadi (LQMK = yuqori likvidli aktivlar/keyingi 30 kun içidagi jami sof çiqim).
Keyingi 30 kun içidagi kirim keyingi 30 kun içidagi çiqimning 75 foizidan oşgan taqdirda, keyingi 30 kun içidagi kirim sifatida keyingi 30 kun içidagi çiqimning 75 foizi olinadi.
Keyingi 30 kun içidagi kirim va çiqimning qayta hisoblaş koeffitsiyenti Markaziy bank tomonidan örnatiladi va majburiyatlarning turi va muddatiga boğliq böladi.
LQMK 100 foizdan kam bölmasligi lozim. Uşbu körsatkiç 2019 yil 1 sentyabrdan boşlab:
barça valutalarda (LQMK);
milliy valutada (LQMK1);
xorijiy valutalarda (LQMK2 - barça xorijiy valutalarning yiğindisi) ta'minlanişi şart.”.
53-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“53. SBMMK barqaror moliyalaştirişning mavjud summasini barqaror moliyalaştirişning zarur summasiga nisbati sifatida aniqlanadi (SBMMK = barqaror moliyalaştirişning mavjud summasi/barqaror moliyalaştirişning zarur summasi).

















