Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimidagi taşkilotlar faoliyatini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjatda qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Ma'muriy binosidan foydalaniş boşqarmasi xodimlarining çeklangan umumiy soni 70 birlikdan etib belgilangan va budjet taşkilotiga tenglaştirilgan.

Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziriga Boşqarmaning ştatlar jadvaliga belgilangan ştatlar soni doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi beriladi.

Boşqarma faoliyatini moliyalaştiriş har yili tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi doirasida respublika budjeti mablağlari hamda vazirlikning budjetdan taşqari mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Vazirlik bilan birgalikda 2019 yil 1 apreldan boşlab Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti huzurida “makroiqtisodiyot”, “mintaqaviy iqtisodiyot” va “sanoat iqtisodiyoti” ixtisosliklari böyiça fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvçi ilmiy kengaşni örnatilgan tartibda taşkil qiladi.

Vazirlik:

Özbekiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda Institut huzurida xöjalik faoliyati hisobidan moliyalaştiriladigan davlat unitar korxonasi tuzişni va Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini çop etiş tavsiya etilgan ilmiy naşrlar röyxatiga kiritişni közda tutgan holda, “Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar” jurnalini taşkil etadi;

Institut bilan birgalikda örnatilgan tartibda “Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar” jurnali naşriyoti” davlat unitar korxonasini davlat röyxatidan ötkazadi hamda xodimlarining ştat birliklari va mehnatga haq tölaş razryadlarini tasdiqlaydi.

Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda işlab çiqiladigan va örnatilgan tartibda tasdiqlanadigan maqsadli ilmiy-texnik dasturlarni şakllantirişda vazirlikning buyurtmasi asosida Institut tomonidan amalga oşiriladigan amaliy-ilmiy loyihalarni hisobga oladi.

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067 sonli qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining 2019 yilga möljallangan Investitsiya dasturining 17-ilovasida keltirilgan 2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari işlab çiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilişi va rekonstruksiya qilinişi Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan moliyalaştirilişi nazarda tutilayotgan obektlar röyxatiga Institut binosining texnik maydonlarini rekonstruksiya qiliş va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qiliş işlari kiritilgan.