Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu YeChL chorak finalidan diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi 1/8 finalining «Atletiko»ga qarshi javob o‘yinidagi (3:0) noma'qul xatti-harakati uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, UYeFA portugaliyalik futbolchini YeChLda bir o‘yindan uchta o‘yingacha chetlatishi va italyan klubiga jarima solishi ehtimoli bor. Bu holatda Ronaldu «Ayaks»ga qarshi chorak final o‘yinlarini o‘tkazib yuborishiga majbur bo‘lishi mumkin.
AS`ning yozishicha, ayni masalada tashabbus «Atletiko»dan chiqishi, madridliklar klubi hujumchini jazoga tortishni so‘rab, UYeFAga rasmiy xat bilan chiqishi ehtimoldan yiroq emas. Ushbu klub bosh murabbiyi Diyego Simeone nimchorak finalning dastlabki o‘yinidagi ana shunday harakati uchun 20 ming yevro jarimaga tortilgandi.
Turinliklar YeChL chorak finalida 10 aprel kuni Amsterdamda mehmon bo‘lib, javob bahsini 16 aprel kuni o‘z maydonlarida o‘tkazishadi.
Mavzuga oid
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026
Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi
12:38 / 21.06.2026
JChda 10-kun. Germaniyada kambek, Kyurasaoda sensatsiya, portugallar lagerida mojaro
12:37 / 18.06.2026