Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardernning ma'lum qilishicha, Kraystcherch shahri masjidlarida ro‘y bergan ommaviy qotilliklardan keyin qurollar savdosi qoidalari o‘zgartiriladi.
«Men hozirning o‘zida shuni aytmoqchiman: qurollar savdosi bo‘yicha qonunchiligimiz o‘zgaradi. Urinishlar avval ham bo‘lgan, endi esa vaqti keldi», - dedi u.
Rasmiylar yarim avtomat qurol savdosini cheklash va uni harbiy namunadagi qurolga yaqinlashtiruvchi modifikatsiyalariga taqiq qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Hujum qilish holati bo‘yicha asosiy gumondor qurollangan bo‘lgan, xususan, u qonuniy ravishda xarid qilingan yarim avtomat miltiqlarga ega edi, ular hujumdan avval o‘zgartirilgan.
Yangi Zelandiyada hozirgi kunda yarim avtomat miltiqlarni oddiy litsenziyaga ega bo‘lgan holda sotib olish mumkin, u qurolni ro‘yxatdan o‘tkazishni talab qilmaydi, deb yozmoqda The Guardian.
Bundan oldin, politsiya yangi zelandiyalik terrorchini yana bir teraktda ayblashi mumkin ekani xabar berilgandi.











