Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Qirg‘iz chegarachilari xalqaro tashkilot vakillarini Voruxga kiritmayapti
Qirg‘iziston va Tojikiston chegara masalasida jiddiy tus olgan kelishmovchilik davomida qirg‘iz chegarachilari Qizil Yarim Oy jamiyati avtomobilini Voruxga kiritmadi. Bu haqda AP xabar bermoqda.
Nashrning qayd etishicha, qirg‘iz chegara xizmati xodimlari, shuningdek, tez tibbiy yordam mashinalari va halok bo‘lganlar mayitini olib ketish uchun kelgan jamoatga ham ruxsat bermagan.
«Qizil Yarim Oy jamiyati mashinasi zarur tibbiy anjomlar bilan Isfara shahrining Vorux hududiga kiritilmayapti. 13-14 mart kuni tojik-qirg‘iz chegarasida yuz bergan otishmada yaralangan aholiga yordam berish uchun o‘sha joyda hozir bo‘lgan xalqaro tashkilot mashinasi besh kundan buyon qirg‘iz askarlari tomonidan tashqi dunyodan uzib qo‘yilgan Voruxga kirishga muvaffaq bo‘lmagan», — deyiladi xabarda.
Qizil Yarim Oy jamiyati 1919 yilda paydo bo‘lgan va uning asosiy vazifasi urush davom etgan to‘rt yil ichida og‘ir sinovlarga duch kelgan mamlakatlar aholisining sog‘lig‘ini tiklash bo‘ldi. Ayni paytda tashkilot o‘z faoliyatini davom ettirib, kam himoyalangan toifali shaxslarning hayotini yaxshilash bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026