Suriya taşqi işlar vazirligi ğarb davlatlaridan mamlakatga AQŞ boşçiligidagi koalitsiyaning aralaşuvi oqibatida yetkazilgan zararni qoplaşni talab qildi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi.
Vazirlikda ta'kidlanişiça, Suriya uruşdan keyingi mamlakatni tiklaşda ğarb davlatlari yordamiga muhtoj bölmasa-da, koalitsiyadan “yetkazilgan vayrongarçiliklar va qabih jinoyatlar” uçun tovon puli talab qilişga haqlidir.
Vazirlikda koalitsiyaning xatti-harakatlari tinç aholining ölimiga va yirik vayrongarçiliklarga olib kelgani, bu esa Ğarb davlatlari uçun şarmandalik doği hisoblanişi qöşimça qilingan.
Avvalroq AQŞ, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya Suriyani tiklaşda yordam berişdan boş tortgani ma'lum qilingandi.

















