2018 yilning kuzida Xitoyga uçib kelganidan keyin ğoyib bölgan, Interpol sobiq prezidenti Men Xunveyning xotini özini öğirlab ketişga urinişgani haqida e'lon qildi. Bu haqda Lyon Mag naşri AFP agentligiga tayangan holda xabar bermoqda.
Lion prokuraturasi ma'lumotiga köra, Greys Men mahkamaga ariza bilan murojaat qilgan. Unda gap ma'lum bir şaxslar guruhi tomonidan öğirlab ketişga uriniş haqida borgan. Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan tergov hozirça boşlanmagan.
Avvalroq, ayol öz farzandlari bilan birga Fransiyadan siyosiy boşpana söragandi. Şuningdek, u öziga tahdid qilişayotgani töğrisida xabar bergan. Ayni vaqtda ayol politsiya himoyasi ostida.
Men Xunvey ötgan yilning 29 sentyabrida Fransiyadan Xitoyga jönab ketgaç ğoyib böldi. Keyinçalik, Xitoy hukumati Interpol sobiq prezidentini korrupsiyada gumonlab qölga olgani ma'lum qilindi, u egallab turgan lavozimidan iste'foga çiqişga majbur böldi.
OAVda yozilişiça, Men Xunvey şartnomalarni qölga kiritişda kiberjinoyatçilik bilan kuraş sohasida işlovçi kompaniyaga yordam bergan.
Koreya Respublikasi vakili Kim Çon Yan Interpolning yangi prezidenti etib saylandi.













