15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystçerç şahrida dahşatli terakt sodir etildi. 28 yoşli Brenton Tarrant yana ikkita şerigi bilan birga Kraystçerçdagi ikkita masjidga hujum qildi. Facebook’dagi sahifada jonli translatsiya qilingan videoda körinadiki, u masjidga kirib, duç kelgan odamni otib taşlagan.
Uşbu terakt juma kuni sodir etildi. Şu sabab masjidlarda odam köp bölgan. Öşa kuni Tarrant bostirib kirgan masjidda 300 nafarga yaqin kişi bölgani aytilgan. Terakt oqibatida 50 kişi halok böldi, 50 nafardan ortiq kişi jarohatlandi. Yana millionlab musulmonlarning yuragi oğridi...
OAVda vafot etganlar kim bölgani haqida ma'lumotlar paydo bölmoqda. Xususan Reuters va BBC halok bölganlar orasida qariyalar, bolalar va hatto ayollar bölganini aniqladi.
Otasining qölida halok bölgan 3 yoşli Ibrohim

Otişma vaqtida «An Nur» masjidida bölgan Ibrohim haqida voqeadan bir kun ötgaç ham darak bölmagan. Biroq mahalliy naşrlar 3 yoşli Ibrohim masjid içida otasining qölida halok bölganini ma'lum qilişgan. Ularning ta'kidlaşiça, Ibrohimning otasi ham ölgan köyi yotgan bölgan.
Bolakayning qarindoşlari uni kasalxonalardan izlab, topa olişmaydi. Politsiya voqea joyida köplab bolalarning jarohatlangani, ikki bola halok bölganini ma'lum qilgan. Bolalarning ismlari oşkor qilinmayapti.
Öq yöliga çiqqan Dovud

71 yoşli Dovud Nabi halok bölgani birinçilardan bölib rasman tasdiqlangan qurbonlardan biri. Afğonistonlik Dovud 1980 yil Afğonistondagi uruşdan qoçib, Yangi Zelandiyaga borgan. Kasbi muhandis bölgan Dovud Nabi eski markadagi avtomobillarni yiğişga qiziqqan. U Yangi Zelandiyaga boşqa mamlakatlardan kelgan muhojirlarga yangi joyda örnaşib olişida yordam körsatgan, ularni himoya qilgan. Dovudning öğli şunday deydi: «U hammaga yordam berişga harakat qilardi. Suriyalikmi, iroqlikmi, falastinlikmi, otam hammaga döst edi».
Futbolçi bölişni orzu qilgan Sayyad
Futbolçi bölişni orzu qilgan 14 yoşli Sayyad Miln halok bölgani ham rasman tasdiqlanmagan, lekin uning otasi OAVga farzandi vafot etganini aytgan. Bolani taniydigan boşqa guvohlar ham uning jasadini körganliklarini aytişgan.





















