Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Navröz arafasida 44 nafar mahbusni afv etiş haqidagi farmonni imzoladi.
Afv etilganlardan 7 nafari jazodan töliq ozod etilgan, 11 nafari esa şartli ravişda ozod etilgan. Şuningdek, 12 kişining jazosi yengillaştirilgan, 13 kişining jazo muddati qisqartirilgan.
Umumiy hisobda 30 kişi öz oilalari bağriga qaytadi.
Afv etilganlar orasida faoliyati taqiqlangan taşkilotlarga a'zo bölgan 60 yoşdan oşgan 2 kişi, 23 yoşli 5 nafar ayol bor.
Şavkat Mirziyoyev birinçi marta afv etiş tizimidan 2017 yilda foydalangan. Öşanda 2700 nafar mahbus afv etilgan. 2018 yilda Ramazon hayiti bayrami arafasida 226 kişi, Mustaqillik kuni 261 kişi va Konstitutsiya qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan 136 kişi afv etilgan.

















