Özbekiston Prezidentining 2019 yil 20 martdagi 4245-sonli qarori bilan Toşkent şahrida Vebster universitetining  ta'lim dasturlarini amalga oşiriş markazi taşkil etildi. Markaz Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Vebster universiteti tomonidan ta'sis etiladi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati. 

Vebster universitetining Toşkent markazida 2019/2020 öquv yilidan öquv jarayonlari boşlanadi va bu yerda bakalavriatning asosiy 14 ta ta'lim yönalişi hamda 16 ta magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlanadi. 

Markazda öqitiş kunduzgi ta'lim şaklida, tölov-şartnoma asosida, ingliz tilida, jumladan, elektron ta'lim va masofaviy ta'lim texnologiyalarini qöllagan holda Vebster universiteti tomonidan tasdiqlangan öquv rejalar va dasturlar asosida amalga oşiriladi. 

Bitiruvçilarga Özbekiston Respublikasida oliy ma'lumot töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Vebster universiteti diplomi beriladi. 

Abituriyentlar qabuli va bitiruvçilar attestatsiyasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişgan holda Vebster universiteti tomonidan belgilangan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oşiriladi. 

Poytaxt markazida Vebster universitetining quyidagi ta'lim yönalişlari va mutaxassisliklari böyiça malakali kadrlar tayyorlanadi:

Bakalavriatning 14 ta asosiy ta'lim yönalişi:

·      Boşqaruvning axborot tizimlari (fan bakalavri);

·      Interfaol raqamli media (san'at bakalavri);

·      Mediakommunikatsiyalar (san'at bakalavri);

·      Grafik dizayn (san'at bakalavri);

·      Reklama va marketing kommunikatsiyalari (san'at bakalavri);

·      Informatika (fan bakalavri);

·      Tadbirkorlik (san'at bakalavri);

·      Iqtisodiyot (san'at bakalavri);

·      Xalqaro munosabatlar (san'at bakalavri): xalqaro iqtisodiyotga e'tibor qaratiladi;

·      Buxalteriya hisobi (fan bakalavri);

·      Yevropa tadqiqotlari (san'at bakalavri);