Özbekiston dunyodagi eng baxtli davlatlar reytingida 41-örinni egalladi. Bu haqdi BMT buyurtmasi asosida tayyorlangan World Happiness Report 2019 (Dunyodagi baxt töğrisida hisobot)da aytiladi.
BMTning barqaror rivojlanişni ta'minlaş usullari böyiça tarmoği dunyodagi eng baxtli davlatlar böyiça hisobot va reytingni e'lon qildi.
Jami 156 mamlakat reytingga kiritildi. Iqtisodiyot, psixologiya, statistika va boşqa ilmiy yönalişdagi soha mutaxassislari uni tuzişda iştirok etişdi.
Ekspertlar baholaş mezonlari sifatida olti omilni tanlab olişdi: aholi jon boşiga töğri keladigan haqiqiy YaIM, soğlom hayot davomiyligi, yaqin atrofdagi biror kişiga suyaniş imkoni, hayotiy qarorlarni qabul qilişda erkinlikning sub'yektiv darajasi, korrupsiyadan himoyalanganlik va saxiylik.
Hisobot ma'lumotlariga köra, Özbekiston 6,174 indeks bilan sobiq SSSR hududidagi eng baxtli mamlakat sifatida tan olindi. Ta'kidlab ötiş joizki, ötgan yili Özbekiston uşbu reytingda 44-örinni egallagan.
Reytingning yuqori örinlaridan Finlyandiya (1-örin), Daniya (2), Norvegiya (3), Islandiya (4) va Niderlandiya (5) joy oldi. AQŞ reytingda 19-örinni, Buyuk Britaniya esa 15-örinni egalladi.














