1 kub metr uçun belgilangan tarifni 600 sömdan 320 sömgaça pasaytiriş taklif qilinmoqda, deb yozadi Norma Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga asosan.

Qayd etilişiça, mahalliy qozonxonalar uçun foydalaniladigan gaz narxi oşirilganligi sababli sönggi paytda aholi va XUMŞdan idoraga şikoyatlar kelib tuşmoqda.

Qömita vaziyatni örganib, isitiş maqsadida mahalliy qozonxonalarda tabiiy gazdan foydalangan XUMŞ ulgurji iste'molçilarga tenglaştirilib, 1 kub metr uçun 600 sömlik tarif böyiça haq tölaşini aniqladi. Ayni paytda aholi kommunal-maişiy ehtiyojlar uçun foydalanadigan tabiiy gaz qiymati 1 kub metr uçun 320 sömni taşkil etadi.

Narxlardagi notenglikni bartaraf etiş maqsadida Qömita Hukumat qarori loyihasini işlab çiqdi. U qabul qilingan taqdirda mahalliy qozonxonalarga ega bölgan barça XUMŞ gaz haqini aholi uçun belgilangan tariflar böyiça: 1 kub metr uçun 320 sömdan tölaydi.