Tojikiston boş vaziri kotibiyati Qohir Rasulzoda oğir kasal ekani va iste'foga çiqiş ehtimoli borligi haqidagi ma'lumotni rad etib, uni «taxminlarga qurilgan va bekorçilik bilan öylab topilgan», deb atadi.

Kotibiyat ma'lum qilişiça, «boş vaziri Qohir Rasulzodaning ahvoli yaxşi, u davolanişga muhtoj emas va hamon xalq hamda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilişda davom etyapti, mas'ul davlat lavozimidagi öz majburiyatlarini bajarmoqda», deya xabar qiladi «Axbor»sayti.

Avvalroq, «Axbor» manbalari Tojikiston boş vaziri Qohir Rasulzoda salomatligi holati tufayli iste'foga çiqişga tayyorgarlik körayotgani va bor e'tiborni davolanişga qaratişi haqida xabar bergandi. 58 yoşli Rasulzoda, «Axbor» suhbatdoşlarining sözlariga köra, jigar kasalligiga yöliqqan va xorijda malakali davolanişga muhtoj.

Tojikiston boş vaziri kotibiyatining rasmiy raddiyasi 22 mart kuni «Xovar» davlat axborot agentligi tomonidan e'lon qilingan.

Boş vazir Qohir Rasulzodaning kotibiyati rasman ma'lum qilişiça, hukumat rahbarining salomatligi haqidagi ma'lumot taxminlarga asoslangan hamda haqiqatga töğri kelmaydi.