22 mart kuni Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti Ğofur Rahimov iste'foga çiqişini ma'lum qildi. Uning arizasi AIBA’ning rasmiy saytida e'lon qilindi.

«Sönggi 25 yil içida özimni boks va olimpiya harakatiga bağişlab, sportning va sportçilarimizning ravnaq topişini hamma narsadan ustun qöyib kelganman. Bu ayniqsa ötgan yili juda bilindi — biz sportimiz özining yomon ötmişini tark etib, avvalgidan kuçli va soğlom bölişi uçun sanoqsiz kunlar va tunlarni sarfladik», — degan Rahimov.

Ğofur Rahimovning fikriça, ötgan yili amalga oşirilgan işlar AIBA va boksni jonlantirgan va kuç-quvvat bilan töldirgan.

«Biroq şunça sa'y-harakatlarga qaramasdan, sönggi oylarda olimpiya boksining kelajagiga doir juda köp tortişuvlar bölib ötdi. Bu tortişuvlarning köpi sportga emas, siyosatga taalluqli edi. Garçi men sport va siyosat ayri-ayri masalalar ekanligiga, AIBA tomonidan joriy etilayotgan yaxşi işlar va ijobiy özgarişlar tan olinişiga sidqidildan umid qilgan va işongan bölsam-da, biroq siyosiy munozaralar bu taraqqiyotni şubha ostiga tuşirib qöydi. Avval bir neça bor takrorlaganimdek, yana ta'kidlab ötmoqçiman, menga qarşi ilgari surilgan ayblovlar soxtalaştirib töqilgan va siyosiy motivga ega yolğonlarga asoslangan. Men haqiqat qaror topişiga işonaman. Nima bölganda ham, men doimo özimni boksdan yuqori qöymayman, deb kelganman va prezident sifatida sportimiz va sportçilarimizga xizmat qiliş uçun qölimdan kelgan barça işlarni amalga oşirişga majburman», — deb ta'kidlagan u.

Ğofur Rahimov AIBA Ijroiya qömitasini AIBA prezidentligi lavozimidan ketişi haqida ogohlantirganini aytib ötgan. Uning qayd etişiça, taşkilot nizomi prezidentga öz vakolatlaridan voz keçiş imkonini beradi.

«Men AIBA Ijroiya qömitasi a'zolarini prezidentga öz vakolatlarini amalga oşirişdan voz keçiş va vazifani vaqtinça bajaruvçiga topşirişga izn beradigan AIBA nizomi va qonunosti hujjatlariga muvofiq ravişda AIBA prezidentligi lavozimidan ketiş rejam haqida xabardor qildim. Men şu dam oliş kunlari mazkur masalani muhokama qiliş va prezident vazifasini bajaruvçini saylaş jarayonini boşlaş uçun Ijroiya qömita a'zolarini telekonferensiyaga yiğdim», — deya qayd etgan Ğofur Rahimov.