Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen Inning shaxsiy fotografi g‘alati sabab bilan ishdan va partiyadan haydaldi
KXDR rahbari Kim Chen Inning shaxsiy fotosuratchisi ishini yo‘qotdi va partiya safidan o‘chirildi. Bu haqda Janubiy Koreyadagi Daily NK nashri Pxenyandagi manbasiga asoslangan holda xabar bergan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Ri familiyali 47 yoshli fotosuratchi Korean Art Film Studio kompaniyasida ishlagan. U shu kunlarda shimoliy koreyaliklar rahbarining shaxsiy fotografi lavozimidan ayrilgan va partiyadan quvilgan.
Manbaning yozishicha, Ri 10 mart kuni KXDR Oliy xalq yig‘ilishi uchun saylovlar mahali millat yetakchisini suratga olgandi. Taxmin qilinishicha, Ri Kim Chen Inni haddan tashqari yaqin masofada turib, ro‘paradan suratga olgan holda reglamentni buzgan.
Qayd etilishicha, saylov kuni Kim Chen In avtomobildan tushgach, fotograf taxminan 3 soniya mobaynida davlat rahbarining yo‘lini to‘sib turgan, bu esa «janobi oliylari obro‘siga zarar yetkazish» deb topilgan.
Nashrning aniqlik kiritishicha, Shimoliy Koreyadagi tartiblarga ko‘ra, davlat rahbarini 2 metr masofadan yoki ro‘paradan turib suratga olish mumkin emas.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026