Kimlar mol-mulk solig‘idan ozod etilgan?
O‘zbekistonda qator shaxslar mol-mulk solig‘idan ozod etilgan, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi telegram kanali.
Xususan, quyidagi jismoniy shaxslar mol-mulk (uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar) solig‘idan ozod etilgan:
«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz tegishincha guvohnoma, orden daftarchasi yoki mudofaa bo‘limining ma'lumotnomasi asosida beriladi;
urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz tegishli guvohnoma yoki mudofaa ishlari bo‘limining yoxud boshqa vakolatli organning ma'lumotnomasi asosida beriladi;
o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollar. Mazkur imtiyoz mahalla yig‘inining ma'lumotnomasi asosida beriladi;
pensionerlar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma'lumotnomasi asosida beriladi;
harbiy xizmatni yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari). Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tegishli organlar tomonidan berilgan ma'lumotnoma asosida beriladi;
energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — muqobil energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e'tiboran uch yil muddatga. Imtiyoz energiya ta'minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma'lumotnoma asosida beriladi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.10.2024
Davlat mulki obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi bekor etilyapti
10:20 / 19.10.2024
Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi yanada oshiriladi
09:12 / 14.09.2024
Ko‘chmas mulk obektlarining kadastr raqamlariga tuzatish kiritiladi
13:02 / 28.08.2024