Iqtisodiyot | 12:48 / 25.03.2019
25106
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishi davom etdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 26 martdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 11,93 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8389,97 so‘mni tashkil etgan.

1 yevro kursi 3,44 so‘mga ko‘tarilib, 9491,57 so‘mga yetgan.

1 rubl esa 0,63 so‘mga oshib, 129,72 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid