Vazirlar Mahkamasi Xorazm viloyatining Urganç şahrida Jaloliddin Manguberdi xiyobonini taşkil etiş va uning yangi haykalini örnatiş, yodgorlik bilan butunjahon sayyohlarini keng taniştiriş va ular uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, şuningdek, xiyobon hududini an'anaviy quriliş uslubi bilan uyğunlaştirilgan holda barpo etiş hamda aholi turmuş darajasini yanada yaxşilaş maqsadida farmoyiş qabul qildi.

Hujjat bilan Xorazm viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi hamda Özbekiston Badiiy akademiyasining Xorazm viloyati Urganç şahrining Al-Xorazmiy, Pahlavon Mahmud, Şeroziy va Özbekiston köçalari oraliğida Jaloliddin Manguberdi xiyobonini taşkil etiş va uning yangi haykalini örnatiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.

Belgilab qöyilişiça, loyiha doirasida:

Jaloliddin Manguberdi haykalini yaratiş, unga tegişli loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş va ularni ekspertizadan ötkaziş bilan boğliq xarajatlar 2019 yil uçun Özbekiston Badiiy akademiyasiga ajratilgan mablağlar hisobidan;

Jaloliddin Manguberdi xiyobonini taşkil qiliş, haykal postamentini yaratiş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, taşqi yoritiş tizimlari, içimlik va oqova suv tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, şuningdek, hududning suğoriş tizimlarini yaxşilaş va yer osti suvlari sathini pasaytiriş işlari bilan boğliq xarajatlar Xorazm viloyati mahalliy budjetining qöşimça manbalari hisobidan;

elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlarini quriş, rekonstruksiya qiliş, ta'mirlaş va köçiriş işlari tegişligiga köra “Özbekenergo” AJ, “Öztransgaz” AJ va “Özbektelekom” AKning öz mablağlari hisobidan;

xiyobon hududida Jaloliddin Manguberdining yangi haykalini yaratiş va örnatiş işlari natijasida buziladigan turar joylar uçun kompensatsiya tölovlari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarining olib qöyilişi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş tartibi körsatilgan tartibda amalga oşiriladi.

Şuningdek, mazkur bandda nazarda tutilgan işlar homiylik xayriyalari va qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.

Xorazm viloyati Urganç şahrining markaziy qismidagi Al-Xorazmiy, Pahlavon Mahmud, Şeroziy va Özbekiston köçalari oraliğida barpo etilayotgan Jaloliddin Manguberdi xiyobonining yöl-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qiliş böyiça tadbirlar rejasi tasdiqlandi.