Özbekiston delegatsiyasi 15-16 aprel kunlari Rossiyaning Soçi şahrida bölib ötadigan XI «Atomekspo 2019» xalqaro forumida iştirok etadi.

Delegatsiya tarkibidan «Özatom» agentligi, Özbekiston Fanlar Akademiyasi, Özbekiston Davlat sanoat xavfsizligi qömitasi, Energetika vazirligi vakillari örin olgan.

«Atomekspo» xalqaro forumi doirasida ixtisoslaşgan körgazma, kongress, davra stoli, «V2V» şaklidagi biznes-uçraşuvlar va maxsus tadbirlar bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 19 iyulda imzolangan «Özbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi taşkil etilgan.