Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi faqat litsenziya asosida olib borilishi belgilab qo‘yiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda deputatlar quyi palataning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritilayotgan masalalarni kelishib oldilar.
Majlis kun tartibiga bir qator muhim masalalar taklif etilayotgan bo‘lib, ulardan biri «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishuv komissiyasini tuzish haqidagi masaladir.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 6 fevralda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2019 yil 28 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan edi. Shu munosabat bilan mazkur qonun bo‘yicha kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining taklifiga ko‘ra kelishuv komissiyasi tuzilmoqda.
Navbatdagi masala — «Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ham palata majlisi kun tartibiga birinchi o‘qishda kiritish taklif etildi. Qonun loyihasida mazkur yo‘nalishni davlat tomonidan tartibga solish, unda Vazirlar Mahkamasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining vakolatlari, ko‘krakdan emizishni muhofaza qilish va uni targ‘ib etish, shuningdek, bolalar ovqati mahsulotlariga qo‘yiladigan talablar, ularga rioya etish chora-tadbirlari, sertifikatlash masalasi hamda ushbu sohada tibbiyot xodimlarining vazifalari belgilab qo‘yilmoqda.
Shu bilan birga, qonun loyihasida go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar bilan onalar borishi uchun mo‘ljallangan tibbiyot muassasalari, shuningdek, boshqa tashkilotlar, jamoat joylarida tegishli sanitariya qoidalar va gigiyenik normativlarga muvofiq go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarni emizish uchun sharoitlari bo‘lgan maxsus ajratilgan joylar tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, majlis kun tartibiga «Turizm to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish taklif etildi. Ushbu qonun loyihasi 2018 yilning 9 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilingan edi. Ta'kidlash lozim, davlatimiz rahbarining 2018 yil 8 avgustdagi «Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmonidan kelib chiqib, undagi havolaki normalar o‘rni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi moddalar bilan to‘ldirildi.
Qonun loyihasida turizm faoliyatini tashkillashtirishni ta'minlaydigan turizm korxonalari — turizm operatorlari, turizm agentliklari, ekskursiya tashkilotlari, turizm firmalari turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi faqat litsenziya asosida olib borilishi belgilab qo‘yilmoqda. Bu bilan qonuniy tartibda turizm faoliyatini tashkil etish niyatida bo‘lgan istalgan yuridik yoki jismoniy shaxsga mazkur litsenziya asosida erkin faoliyat yuritishi imkoniyati yaratiladi.
Yig‘ilishda palata majlisini 2 aprel kuni o‘tkazishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026