Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiqda yuz bergan yong‘in oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
2019 yilning 27 mart kuni soat 00:29da Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining Kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Chirchiq shahri «Bobur» MFY Mashar ko‘chasidagi 17-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga zudlikda 6 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari soat 00:39da ko‘rsatilgan manzilga yetib borgan vaqtida uy ochiq alanga bilan yonayotganligi ma'lum bo‘lgan.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 01:20da qurshab olinib, soat 01:58da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida 200 kv metr maydonda 17-uyning tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan (uyning 100 kv metr maydoni saqlab qolingan).
Yong‘in jarayonida shu uyda yashagan 8 nafar oila a'zosidan 4 nafari ya'ni, 33 yoshlik fuqaro B.R, uning rafiqasi hamda ikki nafar 8 va 12 yoshdagi farzandlari vafot etgan.
Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
09:15 / 14.07.2026
Andijonda 5 qavatli uy tomida yong‘in sodir bo‘ldi
09:06 / 14.07.2026
Toshkent tumanida xususiy xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
11:24 / 13.07.2026
Bo‘stonliqda Chirchiq daryosi o‘rtasida qolgan fuqaro qutqarildi
09:05 / 13.07.2026