Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tabiiy gaz narxi 1 iyundan 350 so‘mni tashkil etadi
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (243-son, 24.03.2019 y.). Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.
Qonunchilikka muvofiq, gaz ta'minoti maishiy iste'molchilar, oilaviy korxonalar hamda strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega iste'molchilarga birinchi navbatda yetkazib beriladi.
Maishiy iste'molchilar – maishiy ehtiyoj (ovqat tayyorlash, issiq suv va isitish) uchun tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yotoqxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda aholi ehtiyojlari uchun lokal qozonxonalar ham yuqoridagi toifaga kiritildi.
Mazkur iste'molchilarga gaz maishiy iste'molchilar uchun belgilangan tariflarda yetkazib beriladi.
Ma'lumot uchun, aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun gaz yetkazib berish 2018 yil 16 noyabrdan 320 so‘m, 2019 yil 1 iyundan 350 so‘mni tashkil etadi.
Bundan oldin, Toshkent shahrining ikki tumanida gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:37 / 13.05.2026