Bugun, 26 mart kuni ertalabdan mudofaa vazirining birinçi örinbosari – Qurolli Kuçlar boş ştabi boşliğining farmoyişiga köra Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugi qöşinlari yuqori jangovar şaylik holatiga keltirildi. Bu haqda Özbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mudofaa vazirligi qöşinlarining jangovar şayligini tösatdan tekşiriş rejasiga asosan, Qurolli Kuçlar Boş ştabi tomonidan vazirlik bölinmalarining jangovar şaylik darajasi bosqiçma-bosqiç tarzda öquv sinovlaridan ötkazilmoqda. Bu galgi tekşiruvga Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugining barça harbiy bölinmalari jalb etildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Öquv maşqlari 26-29 mart kunlari Qaşqadaryo viloyatidagi “Muborak” va “Nuriston” poligonlarida, şuningdek, harbiy okrugning boşqa hududlarida bölib ötadi.

Tekşiruvlarning asosiy maqsadi bölinmalarning jangovar şayligi va jipsligini tahlil qiliş va baholaş, harbiy qismlar, harbiy texnika va qurol-aslahalarning öquv-jangovar vazifalarni bajara olişga tayyorgarligini nazoratdan ötkazişdan iborat.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tösatdan tekşiruvning birinçi kuni yuqori jangovar şaylik holatiga keltirilgan bölinmalarning belgilangan hamda notaniş hududlarga harakatlanişi va olib ötilişi masalalari amalda bajarildi. Ba'zi bölinmalarning şaxsiy tarkibi Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlarining harbiy aviatsiyasi yordamida havo orqali olib ötilişi ta'minlandi. Qolgan bölinmalar ştatdagi harbiy texnikalarda uzoq masofalarga marş uyuştirdi.

Majmuaviy tekşiruvlarda Içki işlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, DXX Çegara qöşinlari qömondonligi hamda Mudofaa vazirligi Toifalangan obektlarni qöriqlaş qöşinlari qömondonligining hududiy bölinmalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari örnatilgan.