Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Beyl yuzasidan yakuniy qarorga keldi
Foto: Getty Images
«Real» yozda hujumchi Garet Beyl bilan xayrlashadi.
AS nashri ma'lumotiga ko‘ra, «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Zinedin Zidan kelishgan holda uelslik hujumchini sotib yuborishga qaror qilishgan. Qo‘shimcha qilinishicha, bu qaror Garetning mavsum oxiriga qadar qanday o‘yin ko‘rsatishidan qat'i nazar o‘zgarmay qoladi.
Ta'kidlanishicha, «Real» Beyl transferidan iloji boricha ko‘proq pul ishlab olmoqchi va bu mablag‘lar klubni kuchaytirish uchun boshqa o‘yinchilarni xarid qilishga yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, hozircha hujumchi ham, uning agenti ham klubdan bu haqda ogohlantirish olmagan.
29 yoshli Garet Beyl Madrid klubiga 2013 yili «Tottenhem»dan 101 mln yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. U bu mavsum La Liganing 22ta o‘yinida qatnashib, 8ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi. Uning shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
23:54 / 30.09.2025
Olmaotadagi «Qayrat» va «Real» tarixiy o‘yinida beshta gol urildi
11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
16:55 / 23.05.2025