O‘zbekiston | 10:15 / 28.03.2019
16533
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq kodeksi va «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonunga tuzatishlar kiritildi

Soliq kodeksi va «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (20.03.2019 yildagi O‘RQ–531-son Qonun), deb yozmoqda Norma.

Soliq kodeksining 96-moddasiga kiritilgan avvalgi tuzatishlar natijasida ikkita holatda soliq to‘lovchining hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish ham sud tartibida, ham soliq organlarining qarorlari asosida amalga oshirilishi mumkin edi.

Bunda quyidagi asoslar haqida so‘z bormoqda:

•  soliq to‘lovchining qayd etilgan manzilda bo‘lmasligi;
•  soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmasligi.

Bunday vaziyatlarda soliqchilar qachon sudga murojaat qilishlari, qachon suddan tashqari tartibda o‘zlari qaror qabul qilishlari haqida aniq tasavvur yo‘q edi. Mohiyatan olganda, bu soliq organlarining o‘z ixtiyoriga bog‘liq edi.

Vaziyat o‘zgardi, navbatdagi o‘zgartirishlar oydinlik kiritdi. Soliq organlarining sudga murojaat qilish yoxud suddan tashqari tartibda to‘xtatib turish asoslari qat'iy cheklandi.

Qonun 21.03.2019 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid