Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abu-Dabi valiahd shahzodasi - Shavkat Mirziyoyevga: “Ikkinchi yurtingizga xush kelibsiz, janob prezident!”
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu Dabi amirligi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan Birlashgan Arab Amirliklarida rasmiy tashrif bilan bo‘lib qaytdi.
O‘zMTRKning “O‘zbekiston 24” telekanalida prezidentning ushbu tashrifiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv tayyorlanib, efirga uzatildi.
Abu Dabidagi prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida ikki davlat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvi bilan boshlangan. Unda keyingi yillarda O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi aloqalar tobora faollashib borayotgani yuksak baholangan.
— Shubhasiz, mazkur tashrifingiz biz uchun juda ham sharafdir. Nafaqat men uchun, butun amirlik ahli uchun sharaf. Biz bir mintaqadamiz, o‘rtamizda barcha jabhada mustahkam ko‘prik bo‘lishi kerak. Biz O‘zbekiston bilan yaxshi aloqalar o‘rnatmoqchimiz. Chunki sizlar urf odatlarimizda, muqaddas dinimizda boshqalarga nisbatan ko‘proq yaqindirsizlar.
Janob prezident, siz ikkinchi yurtingizga — birodarlaringiz shayx Zoid va shayx Xalifa yurtiga xush kelibsiz!
Janob prezident! Biz o‘ylaymizki, sizning barokatingiz tufayli bu aloqalar yanada rivojlanishi mumkin, — dedi Abu Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga samimiy qabul uchun yuksak minnatdorchilik bildirdi:
—Hazrati oliylari, tashrifimizga bo‘lgan e'tiboringiz, iliq mehmondorchilik uchun tashakkur aytaman. Haqiqatdan ham qadrdon yurt, qadrdon do‘st-u birodarlarimiz huzurida ekanligimizni his qilmoqdamiz. Fursatdan foydalanib, siz orqali prezident janoblari va butun amirlik xalqiga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman. Sizning hozir aytgan gaplaringiz zamirida juda katta ma'no bor. Chindan ham biz yaqin xalqlarmiz. Bugun prezident janoblarini ziyorat qildim. Qanchalik xokisorlik va bag‘rikenglik bilan insonlarni birlashtirib, bu davlat barpo etilganini his qildim. Hozir ham mana shu bag‘rikenglik bilinib turibdi va butun dunyo ahlini lol qilishda davom etmoqda, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
21:07 / 13.07.2026
BAA Ho‘rmuz bo‘g‘oziga muqobil yo‘nalish quradi - OAV
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026