Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA investorlari O‘zbekistonda yangi IES qurishadi
BAA investorlari O‘zbekiston prezidentining ushbu mamlakatga tashrifi doirasida amalga oshirgan kelishuvlar O‘zbekistonda energetika sohasiga katta e'tibor qaratishadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ma'lum qildi.
«O‘zbekiston rahbarining Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi bu davlat hukumati va bu yerdagi ishbilarmonlar doiralari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
BAA O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga, davlatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritishga katta e'tibor qaratilmoqda. Shu tashrif doirasida 12ta shartnoma imzolandi va ularning umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo‘ldi. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan.
Avvalambor energetika sohasidagi kelishuvlarni e'tirof etish mumkin. Bu sohada bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha mablag‘ kiritishmoqchi. Birinchi navbatda, Tolimarjon IESda qo‘shimcha quvvatlarni yaratish, bundan tashqari yana bitta issiqlik elektrostansiyasini qurish loyihasi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, hamkorlar muqobil elektr manbalari yaratishga e'tibor qaratishmoqda. Bu loyihalar doirasida 500 megavattli shamol elektrostansiyasi, quyosh elektrostansiyasi ham qurilishi ko‘zda tutilgan», degan vazir.
Bundan avvalroq, Turkiya bilan hamkorlikda Surxondaryo va Buxoro viloyatida yangi issiqlik elektrostansiyalari qurilishi haqida xabarlar berilgandi.
Mavzuga oid
19:52
Prezident huzurida Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi
21:09 / 08.06.2026
Prezident 4-mis boyitish fabrikasi loyihasini ishlab chiqishni jadallashtirishni buyurdi
14:57 / 02.06.2026
Deputatlar TXMM va Enterprise Uzbekistan to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qildi
20:22 / 26.05.2026