Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA Samarqand infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 300 million dollarlik loyihalarni moliyalashtiradi
Birlashgan Arab Amirligi Samarqand shahrining infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi loyihalarni moliyalashtiradi. Bu borada O‘zbekiston Prezidentining BAAga tashrifi vaqtida kelishuvga erishilgan.
«Arabian business» nashrining yozishicha, BAA Samarqanddagi bunday loyihalarni moliyalashtirishga 300 million dollar ajratishga tayyor. Bu borada memorandum imzolangan.
Shuningdek, BAA Samarqand infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi rejalar ishlab chiqishga 5 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi.
Abu Dhabi Fund for Development (Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi) rahbari Saif As-Suvaydning aytishicha, BAA moliyalashtirishi kutilayotgan loyihalar avvalo turizm sohasiga qaratilgan. Shuningdek, sanoat va xizmatlar sohasidagi loyihalar ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:15
“Quyoshli xonadon” dasturi inqirozdami?
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
21:24 / 17.06.2026