Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahri hokimligi shahar aholisi va mehmonlardan uzr so‘radi
28 martdan 29 martga o‘tar kechasi va bugun erta tongdan yog‘ayotgan yomg‘ir tufayli Samarqand shahrining ko‘plab ariqlarida suv to‘planib qolib, yo‘llarga chiqib ketgani va bu transport vositalari hamda piyodalar harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirgani aholi noroziligiga sabab bo‘ldi. Mazkur holat aks etgan video va suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda.
Samarqand shahar hokimligi ushbu noqulaylik uchun shahar aholisi va mehmonlardan uzr so‘rab, hokimlik huzurida tezkor shtab tashkil etilganini ma'lum qildi.
Ayni paytda shaharning Buyuk ipak yo‘li, Dahbet va Registon ko‘chalari chorrahasida sohaviy xizmatlar xodimlari tomonidan suv yo‘llarini ochish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, shaharning boshqa ko‘chalarida ham suv toshqinlarining oldini olish va ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar shahar hokimi Furqat Rahimov nazoratida ekanligi va aholida bu borada murojaatlar bo‘lsa shahar hokimining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari yoki telefonlari orqali murojaat qilishi mumkinligi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026