Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSSR maxfiy obektlari: Orol dengizidagi biokimyoviy poligon haqida ma'lumot berildi
Foto: kazpravda.kz
AiF nashri SSSR davrida mavjud bo‘lgan maxfiy obektlar haqida ma'lumot berdi. Ular orasida Orol dengizi o‘rtasida joylashgan Vozrojdeniye (Tiklanish) orolidagi biokimyoviy poligon ham bor.
Bildirilishicha, 1942 yildan 1992 yilgacha Orol dengizi o‘rtasida joylashgan Vozrojdeniye orolida harbiy biyokimyoviy poligon bo‘lgan. Uning shartli nomi - «Barxan».
Yarim asr vaqt davomida u yerda tajriba hayvonlari - itlar, maymunlar, qo‘y va otlarda bakteriologik qurollar sinovdan o‘tkazilgan. Preparatlar namunalari SSSRdagi barcha harbiy biokimyoviy laboratoriyalar - Stepnogorsk, Kirov, Sverdlovsk-19, Omutninsk, Sergiyev Posad, Obolenskdan keltirilgan.
Obekt qattiq qo‘riqlangan, orolga begonalarning kirishi qat'iyan taqiqlangan. Maxfiylik shu darajada bo‘lganki, hattoki poligonga xizmat ko‘rsatishda ishtirok etgan xodimlarning aksariyati qayerda ishlayotganliklarini bilishmagan.
Orolda biomuhandislik institutlari - korpus va laboratoriyalar, vivariylar (hayvonlar ustida tajriba o‘tkaziladigan maxsus joy - tah.), uskunalar omborlarining butun boshli majmuasi joylashgan. Shaharchada harbiy olimlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
1992 yilda prezident Boris Yelsin poligonni yopish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Harbiy kontingent Kirovga yo‘naltirildi, biolaboratoriya esa buzib tashlandi.
Vozrojdeniye orolida olimlar aynan qanday tadqiqot bilan shug‘ullanganini hech kim bilmaydi. Marodyorlar u yerdagi uskunalar, qandaydir qiymatga ega har qanday narsani tashib ketgan. U yerda faqat tashlandiq binolar qolgan.
AiF’da yozilishicha, 1995 yilda amerikalik harbiy bakteriologlar poligonga kelishgan - ularni SSSR parchalanganidan keyin orol hududiga egalik qilgan O‘zbekiston va Qozog‘iston rasmiylari taklif qilgan. Chet elliklar eski qabristondan namunalar olishgan.
Mavzuga oid
14:35 / 20.11.2025
SSSRni larzaga solgan josuslik. Nega KGB generali o‘ta maxfiy ma’lumotlarni amerikaliklarga bergandi?
09:55 / 31.10.2025
O‘zbekistonda 42 ta maishiy chiqindi poligoni yopildi
09:52 / 10.09.2025
Possovet mintaqasi: Oxirgi 30 yilda jon boshiga daromadlar qanday o‘zgardi?
23:54 / 02.09.2025