MIBning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasida yangi tayinlov ro‘y berdi.
Mahkama saytida xabar qilinishicha, 2019 yil 27 mart kuni Orif Raufovich Bozorov Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
O.Bozorov muqaddam Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat va Byuroning Navoiy viloyat boshqarmalari tizimda turli lavozimlarda xizmat qilgan.
Tayinlovga qadar u Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Bundan oldin, Bosh prokuratura Majburiy ijro byurosi tashkiliy tuzilmasi o‘zgarishi haqida ma'lumot mavjud emasligi haqida ma'lum qilgandi.
«Ayrim internet-nashrlarda e'lon qilingan ma'lumotlarda Byuro faoliyatidan aholi norozi bo‘layotgani uchun uni tugatish, Bosh prokuratura tasarrufidan chiqarib, O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufiga o‘tkazish yoki boshqa mustaqil tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatishi lozimligi kabi hech bir rasmiy asosga tayanmagan fikrlar bayon qilingan», — deya ta'kidlanadi rasmiy axborotda.
Mavzuga oid
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
18:40 / 09.11.2024
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi
10:47 / 08.11.2024