Jamiyat, adabiyot xususan, özbek adabiyoti, uning tahlillari, muammolari yuzasidan qator körsatuv va suhbatlarni öquvçilar e'tiboriga havola etib kelayotgan Kun.uz’ning navbatdagi suhbatdoşi taniqli yozuvçi Nazar Eşonqul böldi.

Yozuvçi bilan bugungi jamiyat va adabiyot haqidagi suhbatimiz oçiq va samimiy ruhda ötdi.

Video: Mover (Tas-IX)

https://mover.uz/video/embed/RpprMVAm/

Video: Youtube.com

— Nazar aka, insoniyat yaralibdiki, san'atga xususan, adabiyotga intilib yaşaydi. Aytingçi, insonda bu olamga bölgan intiliş, ehtiyoj aslida qanday paydo böladi, qaçon paydo böladi va uning paydo bölişiga sabab nima? Adabiyotdan uzoq inson qanday inson?

— «​Adabiyot nima?»​ —​ degan savolga siz bilan mengaça ham juda köpçilik javob izlagan, ammo aniq va tölaqonli javobni heç kim berolmagan. Öylaşimça, adabiyot inson jannatdan uzilgandan keyin (Odam Ato va Momo Havo) öşa haqiqiy dunyodan uziliş va uning soğinçi asosida paydo böldi. Şuning uçun ham ehtimol avval söz paydo bölgandir.

Hatto insonni qutqariş uçun bu olamga yuborilgan vositalarga qarasak ham unda muqaddas kitoblarni köramiz. Yana öşa kitob va yana öşa söz. Demak, adabiyot bu – söz san'ati. Aynan adabiyot muqaddas bölgan tuyğularni insoniyatga eslatib turadi. Odamni azal va abad bilan birlaştirib turadi, sodda qilib aytganda esa odamiyligini eslatib turadi.

Adabiyotdan uzoq inson qanday inson​ degan savolingizga ikkita holat böyiça gapiriş kerak böladi.

Birinçisi «Payğambarlar kitobi» degan kino bor. Ana şu kino voqeliklarida jahon uruşi röy beradi va uruşdan söng yer yuzida tamaddunning jamiki ildizlari yöqolib ketadi. Endi tirik qolgan insonlar hayotni qaytadan boşlayapti. Ammo bu insonlarda heç qanday manba va asos yöq. Ular bugungi tuşunçamiz bilan baholaganda hayvonlardan deyarli farq qilmaydi. Çunki ularning kun keçiriş va yaşaş uçun kuraşi faqat nafs, ya'ni qorin töydiriş uçungina böladi. U töda bölişi ham faqat qorin töydirişi ğamidan. Buning uçun bir-birini ğajib taşlaşga ham tayyor.