Özbekiston taşqi siyosat idorasi Yoqutistonga ketayotgan fuqarolarga murojaat bilan çiqdi.

Özbekistonning Vladivostok şahridagi Boş konsulxonasi (konsullik okrugiga Rossiyaning Uzoq şarqiy federal okrugi kiradi) ma'lumotiga köra, Saxa Respublikasi (Yoqutiston) rahbarining 2019 yil 27 martdagi 442-sonli farmoni bilan 2019 yilda Saxa Respublikasi (Yoqutiston) hududida faoliyat yurituvçi xöjalik sub'yektlariga patent asosida mehnat faoliyati olib boruvçi xorijiy fuqarolarni 33 xil iqtisodiy faoliyatga jalb etiş taqiqlandi.

Eslatib ötamiz, hudud rahbari Aysen Nikolayev bu borada tegişli farmonni imzoladi. Unga muvofiq, Yoqutistonda migrantlarga savdo-sotiq, yölovçi taşiş, mahsulotlar, içimlik va kiyim-keçaklar işlab çiqariş sohasida işlaş taqiqlandi.

Taqiq qişloq va örmon xöjaligi, ovçilik, qayta işlab çiqariş, quriliş, savdo, transport, mehmonxona, ilmiy-texnik faoliyat, köçmas mulk, ta'lim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmat körsatiş sohalaridagi 33 ta faoliyat turiga nisbatan joriy etildi.

Patent asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan xorij fuqarolari huquq, muhandislik-texnik loyihalaş, buxgalteriya, ilmiy işlab çiqariş va tadqiqotlar sohalarida işlaş huquqiga ega bölmaydi.

17 mart kuni Yoqutistonda qirğizistonlik migrant mahalliy ayolga zörlik işlatgani ma'lum bölganidan söng miting bölib ötdi. Şundan söng bu yerdagi migrantlar mahalliy aholi tomonidan ta'qibga olinayotgani haqida xabarlar paydo böldi.

Qirğiz diasporasi esa Yoqutistondagi vaziyat böyiça bayonot berdi. «Qirğiziston birligi» mintaqalararo jamoat taşkiloti raisi Abduğani Şokirovning ma'lum qilişiça, Yoqutistonda muhojirlarga qarşi qabul qilingan çoralar «juda qattiqdir».

Şokirovning ta'kidlaşiça, bunday qaror Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi kelişuvlari, şuningdek, Rossiya qonunçiligiga zid keladi.