Nazar Eşonqul: «Samimiyat va özaro yaxlitlikning yöqligi - eng katta muammomiz»
|04:56 / 31.03.201916 01311 min
Jamiyat, adabiyot xususan, özbek adabiyoti, uning tahlillari, muammolari yuzasidan qator körsatuv va suhbatlarni öquvçilar e'tiboriga havola etib kelayotgan Kun.uz’ning navbatdagi suhbatdoşi taniqli yozuvçi Nazar Eşonqul böldi.
Yozuvçi bilan bugungi jamiyat va adabiyot haqidagi suhbatimiz oçiq va samimiy ruhda ötdi.
Video: Mover (Tas-IX)
Video: Youtube
— Adabiyot vakillari bilan yangi özbek adabiyotining falsafasi haqida gaplaşganimizda uni yaratişga intilayotgan yozuvçi sifatida sizni ham e'tirof etişadi. Aytingçi, öz asarlaringizda öquvçiga asosan qanday fikrlarni, qanday falsafani yetkazişni xohlaysiz?
— Şaxsan men adabiyotni falsafa deb bilaman. Insonlar bilan gaplaşiş vositasiga aylangan falsafa. Albatta, faylasuflar gaplaşadigan falsafa emas, odamlar bilan birgalikda muhokama qilinadigan, ramzlar, badiiy söz va vositalar orqali muhokama qilinadigan falsafa deb bilaman.
Endi bilmadim, men qaysi falsafani ilgari surayotgan yoki surmayotganimni. Buni meni asarlarim, hikoyalarimni öqib körgan kişilar, tanqidçilar biladi. Lekin şuni aniq bilamanki, odam kim qayerdan keldi, uning boş vazifasi va missiyasi nimadan iborat, uni ertangi kunda nimalar kutib turibdi, hozirgi fojialar davom etsa, uning oqibati qanday böladi, insonning botinida turgan şayton va rahmon kuraşida qaysi tomon yengilyapti va nima sababdan degan savollarga javob izlayman. Deyarli barça hikoyalarim ana şu savollar va ularga javob izlaşdan iborat.
—Xuşomad va maddohlik — har bir zamonda ham insoniyatning eng katta illatlari. Afsuski, bugungi kunda köpçilik odamlar aynan şu illatlarni yaxşi yaşaşning qonuniyatiga aylantirib olgan, desak xato bölmaydi. Aytingçi, şunday ketsa va borib-borib xuşomad va maddohlik milliy fazilatga aylanib qolsa nima böladi?
— Milliy fazilatga aylanmaydi. Milliy illatga aylanişi mumkin. Bu illatlar milliy fazilatga aylansa, u juda katta fojia böladi. Çunki xuşomad va maddohlik bu qullikning belgisi. Qullik esa örta asrlarning feodalistik jamiyatiga xos belgi.
Mavzuga oid
Har qanday xuşomad va maddohlik ortida qandaydir ilinj, manfaat yotadi. Şu ma'noda biz kimgaki xuşomad qilayotgan bölsak, biliş kerakki, öşa xuşomad qilinayotgan odamni haqorat qilyapmiz. Jahon afkor ommasi, xalqlar va aql idrokli insonlar oldida haqorat qilyapmiz. Bu orqali esa millat sifatidagi madaniy saviyamizni körsatib qöyyapmiz.
Jahon biladi, qayerdagi yaltoqlik bor ekan, u yerda qullik yaşayapti. Millat esa qullik psixologiyasidan qutulmagan.
Tabiiyki, munosabatlar ham şunga yaraşa böladi. Bizga nisbatan uçinçi yoki törtinçi darajali millat sifatida munosabatda bölişadi. Şuning uçun bu kabi yaltoqliklardan tiyilişimiz kerak.
— Eng açinarlisi, bugun maddohlik va xuşomadni qoyillatadigan ayrim kişilar özi közlagan örinlarga kötarilmoqda...
— Gapingizda jon bor. Haqiqatdan ham öz vaqtida maddohlik adabiy tan olinişning körinişi ham hisoblangan. Ammo bu narsalar baribir ötkinçi ekanligini hammamiz kördik.
Öylaşimça, tarixdan xulosa qilgan holda arqonni uzun qilib taşlaş va yaltoqlik, maddohlik orqali ma'lum örinlarga kötarilayotganlarga ham imkon beriş kerak. Ularni kimligini aql-u farosati bor insonlar özi körib, bilib turişibdi.
Yaltoqlanuvçilar, maddohlar, ehtimol, öz davrida ma'lum amal va örinlarga erişar, ammo vaqt ötib bularning bari nolga teng bölaveradi. Aksinça, heç bir e'tirofga sazovor bölmagan, kimgadir yaltoqlik va maddohlik qilmagan insonlar millat qahramoniga aylanişi mumkin. Bunga tarixda misollar köp. Buni vaqt körsatadi. Ammo baribir unga qarşi vaqtida kuraşiş kerak.
Bir misol keltiraman, Sovet ittifoqi davrida Demyan Bedniy degan şoir bölgan. Sotsialistik realizmning dastlabki 20 yilida undan maşhur şoir bölmagan, lekin oxir-oqibatda deyarli 20 yilda unutilib ketdi. Heç kimga kerak bölmadi.
Sizlarning yoşingiz biroz kiçik, men ötgan asrning yetmişinçi yillaridan boşlab adabiy asar öqib boşlagan bölsam, to mustaqillikkaça bölgan davrda öqigan köpgina yozuvçilarimni hozir öqib bölmaydi. Buning sababi öşa davrda yaltoqlanib, xuşomad va davr nuqtai nazari bilan, mafkura, siyosatni uluğlab yozilgan asarlar tarihda saqlanib qolişga loyiq emas.
Köryapsizmi, hamma narsaga davrning özi baho beradi.
— Nazar aka, jamiyat odamlarining öy-xayollari, dunyoqaraşiga yozuvçilar baribir özgaça nazar bilan qaraşadi va uni asarlarida ifodalaşadi. Xöş, siz bugungi millat, odamlar tafakkurini qanday baholaysiz? Tafakkurimizda nimalar özgarmoqda-yu, nimalar hanuz eskiça va hamon qotib qolmoqda?
— Keyingi ikki-uç yil içida şu mamlakat fuqarosi va millat vakili sifatida meni xursand qilgan birdan-bir jihat bu — tabiiy ravişda siyosiy plyuralizmning kuçaygani. Odamlar öz fikrlarini erkin ayta olayapti. Töğri, bular hali mukammal darajaga yetgani yöq, lekin şu narsalarga intilayotganimizning özi dunyoning eng kuçli davlatlarini biz bilan hisoblaşişga majbur qiladigan holat.
Ammo bizda bu işlarni boşida turgan prezident kabi va uning darajasida fikrlovçi qatlam yöq. Albatta, buni obektiv va sub'yektiv sabablari köp.
Şu kabi jimlik, şu kabi karaxtlik, odamlarning töğri gapni hali ham aytolmayotganligi, bir-birimiz bilan samimiy bölib yutuq va kamçiliklarimiz haqida gaplaşolmayotganimiz meni qiynaydi.
Ehtimol, bugun yutuqlar haqida gaplaşiş kerak emasdir. Bir-birimiz bilan samimiy bölib, qanday xatolar qilganimiz, oldimizda qanday kamçiliklar turgani va muammolarning yeçimi borasida fikrlaşişimiz kerak.
Aynan insoniy samimiyatning yöqligini, özaro yaxlitlikning yöqligini bugungi eng katta muammolarimizdan deb hisoblayman.
Nazarimda, odamlarimizdagi içki qörquv, hadiksiraş va balki bu özgarişlar ötkinçi, ertaga hammasi tugab ketadi, boşqaça böladi, degan xavotir jamiyatni tark etmayapti.
— Xöş, siz aytayotgan samimiyatning yetişmayotgani nimadan?
— Özaro işonç yöqligidan. Ma'lum bir davrda bir-birimizga duşman sifatida qaradik. “Bu duşman bölsa kerak”, “Bu bizga qöşilmasa kerak”, “Kim biz bilan emas, u bizning duşman” degan qaraş bilan yaşadik. Oxir oqibatda odamlarda özaro işonçsizlik paydo böldi va hozir ham bu davom etmoqda.
Qaytaraman, samimiy fikrlaşiş kerak. Şu jamiyat, şu yurt taqdiri uçun yozuvçining qölidan nima iş keladi, tarixçining, olimning qölidan nima iş keladi, degan savollarni örtaga taşlaşimiz kerak. Bu, ehtimol balandparvoz, pafosli gap bölib tuyilar, lekin bugun aynan şunday davr. Agar oçiq fikrlaşmasak, bu hadiksiraş yana davom etadi, böliniş davom etadi, oxir-oqibatda esa olomonga aylanib ketişimiz mumkin. Inkor qilmayman, oramizda xalqni olomonga aylantirişga harakat qilayotgan kuçlar ham bor.
— Söz erkinligi, fikr erkinligi haqida gapirdingiz. Bugun köpgina voqeliklarga odamlarning reaksiyasi, ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarini körib xalq va olomon tuşunçasiga qayta-qayta murojaat qilinayotganiga guvoh bölmoqdamiz. Siz xalq bilan olomonning farqini nimalarda körasiz?
— Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatsangiz fikr bildirayotganlarning qay biri xalq va qay biri olomon ekanligini darrov tuşunasiz.
Olamon bu — öz qariçidan tepaga kötarilolmagan, faqat öz manfaati yölida xizmat qiladigan va şu doirada fikr bildiradigan odamlar tödasi. Vatan, millat, xalqni birlik va yaxlitlikka undaydigan, xatolarni keçirgan holda özaro birlaşuvga undaydigan, erta uçun yaşaydigan odamlar bu xalq.
Olomon faqat kiçik manfaatlar haqida öylaydi. Oilam, uyim, mahallam deydi. Şu kiçik doiradagi masalalar uni qiziqtiradi. Yuqorida biz aytgan tuşunçalar esa uni qiziqtirmaydi.
Şu bilan birga sönggi paytlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy hokimiyat vakillari ham jöyali fikrlar, takliflar bilan örtaga çiqayotgani, xatolarni oçiq tan olayotgani kuzatilmoqda. Bu esa kişini xursand qiladi.
Ana şu yölni kuçaytirişimiz kerak.
Biz aytayotgan olomonning xalq bölişi esa adabiyotga boğliq. Kitob öqigan kişi borki, xalq, haqida katta ğoyalar haqida öylay boşlaydi. Kitob öqimagan esa olomonligiça qoladi.
— Siyosat va mafkuraga qul ijodkordan erkin, katta narsalar kutib bölmaydi deyişadi. Ayting-çi, ijodkor özini siyosat va mafkuraga qullikdan qanday saqlab qolişi kerak?
— Saroy va ijodkor qaçon birlaşadi, qaçonki saroy adolat tarafda tursa. Agar saroy ijodkorni, milliy qadriyatlarni, adolatni himoya qilsa, hurmat qilsa, ijodkor saroyning yonida turadi. Ular birgalaşib oliy maqsad va oliy e'tiqod uçun kuraşadi. Mabodo saroy yolğonga botsa, zulmga kuç bersa, qorani oq deyiş, odamlarni bunga majburlaş boşlansa, haqiqiy ijodkor çetga çiqadi. Sizning savolingizga javobim şu. Agar mafkura umummilliy, umuminsoniy, adolatli ğoyalarga xizmat qilsa ijodkor ham unga xizmat qiladi. Aslida, adabiyotning vazifasi şu.
Agar maqsad adabiyotni ma'lum bir guruh, siyosiy ğoya yoki ta'limotga yoki ma'lum davr odamlariga xizmat qildiriş bölsa, bu notöğri.
Siyosat uçun yozilgan tom-tom kitoblar esa heç qaçon adabiyotga kirmaydi. Qoğoz bölib javonlarni töldiradi xolos.
— Şu ma'noda siz uçun ijodkorning siniqligi nima?
— Ijodkorning siniqligi bor haqiqatni aytolmasligi, fuqarolik pozitsiyasini himoya qilolmasligi. Bu yölda qörqoqlik qilişi, köp andişaga berilişi, lanjlik qilişi.
Yozuvçi köproq jamiyatga aralaşişi, odamlarni söz ortidan, oliy, haq söz izidan ergaştiriş lozim.
Suhbatni töliq şaklda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.