Özbekiston böyiça avtomobillarga metan gaz quyiş şoxobçalari — gaz töldiriş kompressor stansiyalarida narx tuşişi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan limitdan taşqari gaz va energiya iste'moli uçun tarif narxlari qayta körib çiqildi. Endilikda AGTSda belgilangan me'yordan taşqari energiya sarfi uçun 1,15 (avval 1,5 bölgan) koeffitsiyentda tarif narxi belgilandi.
Şuningdek, limitdan taşqari gaz sarfi uçun 1,4 koeffitsiyentda (avval 2 bölgan) tölov amalga oşirilişi nazarda tutilmoqda.
2018 yil 16 noyabrga qadar AGTKS uçun yetkazib berilayotgan gazning kubometri 789,74 söm (289,74 + 500) bölgandi. Limitdan ortiq sarf etilgan gaz uçun 1079,48 söm (289,74x2 + 500) miqdorida tölov undirilgan. Tabiiy gaz iste'moli uçun narx oşirilişi munosabati bilan AGTKS uçun 1 kubometr gaz 800 söm, limitdan taşqari esa 1600 sömga yetkazilişi ma'lum böldi.
Yuzaga kelgan noqulaylik ma'lum vaqt xizmat narxining oşib ketişi, norozilikka sabab böldi. Ayni paytda limitdan taşqari gazning 1 kubometri uçun 1120 söm (800x1,4) narx belgilanmoqda.
Şuning bilan 2018 yil 16 noyabrga qadar «gaz zapravka»larda kuzatilgan narx siyosati yana amalda qayta tiklanişi kutilmoqda.

















