Jahon | 08:11 / 01.04.2019
6840
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiyadagi saylovlarda o‘z partiyasi g‘alaba qozonganini e'lon qildi

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, mamlakatdagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) munitsipal saylovlarda g‘alaba qozongan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar beryapti.

«Hammasi bo‘lib 778 munitsipalitetda, shu jumladan, yirik shaharlardagi 16 meriyada g‘alabani qo‘lga kiritdik», - dedi Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ATP vakillari mahalliy hokimiyat organlarining qariyb 56 foizini boshqaradi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, partiya o‘z kamchiliklarini bartaraf etish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi.

Bundan oldin, Turkiyadagi saylov jarayonida 4 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, saylov o‘tkazilishi davomida ommaviy tartibsizlik kuzatilmadi. Shunga qaramay, ayrim saylov uchastkalarida siyosiy partiya tarafdorlarining to‘qnashuvlari ko‘zga tashlangan. Oqibatda to‘rt nafar turk fuqarosi halok bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid