«Atletiko» prezidenti Enrike Sereso jamoa hujumchisi Antuan Grizmann klubni tark etmasligini ma'lum qildi.
«U keyingi mavsumda ham «Atletiko»da qolishini tasdiqlayman. 1000 foizga aniq – u ketmaydi», – degan Sereso RTVE jurnalistlari bilan suhbatda.
O‘tgan hafta fransiyalik hujumchi «Barselona»ga o‘tish uchun maoshining anchaga kamayishiga ham rozi ekani, u kataloniyaliklar klubi texnik kotibi Erik Abidal bilan aloqaga chiqqani xabar qilingandi.

















