Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.
Hujjatning vazifalari:
biologik material bilan ishlash prinsiplarini va genom ma'lumotlarga ishlov berilishini tartibga solish:
• genom ma'lumotlarning milliy ma'lumotlar bazasini yaratish (shakllantirish);
• inson shaxsini identifikatsiyalash.
Genom bo‘yicha ro‘yxatga olish insonning huquq va erkinliklariga rioya etgan holda, qonuniylik, insonparvarlik, maxfiylik prinsiplari bilan amalga oshiriladi. U inson hayoti, salomatligi uchun xavf tug‘dirmasligi, uning sha'ni va qadr-qimmatini poymol etmasligi kerak.
Ichki ishlar vazirligi genom bo‘yicha ro‘yxatga olishni amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi bo‘ladi. Biologik materialni tanlab olish funksiyalari quyidagilarning zimmasiga yuklatiladi:
• ichki ishlar organlari, shuningdek jinoyat ishi va (yoki) tergovgacha tekshiruv materiallari ish yurituvida bo‘lgan, tergovgacha tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sud;
• Adliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining sud-ekspert muassasalari.
Genom ma'lumotlar – qat'iy cheklangan holda foydalaniladigan shaxsiy ma'lumotlar, uni to‘plash va ishlov berish sharoitlari genom ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron axborot resurslarini yo‘qotish, buzib ko‘rsatish va ulardan ruxsatsiz foydalanish, huquqqa zid ravishda va (yoki) bilmasdan turib foydalanish va (yoki) ularga ta'sir o‘tkazish imkonini istisno etishi kerak. Shu sababli loyihada genom ma'lumotlarni blokirovkalash va shaxssizlantirish nazarda tutilgan.
Genom bo‘yicha ro‘yxatga olishning ikkita turi nazarda tutilmoqda:
a) ixtiyoriy – O‘zbekiston fuqarolari, respublika hududida yashovchi yoki vaqtincha turuvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yozma arizasiga ko‘ra pullik asosda amalga oshiriladi;

















