Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida fotoradarga tushuvchilar o‘rtasida yetakchilik poytaxt haydovchilarida
M39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘li, A373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘li, 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘li, 4R2 “Toshkent sh.-To‘ytepa sh.-A373 avtoyo‘li” avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari onlayn rejimda ishlab kelmoqda. O‘tgan uch kun mobaynida ushbu fotoradarlar orqali 1275 ta tezlikni oshirish holatlari aniqlandi.
Ushbu aniqlangan uchar haydovchilar ro‘yxatida Toshkent shahri haydovchilari yetakchilik qilmoqda. Uch kunlik holatga ko‘ra, Toshkent shahridan 414 ta, Toshkent viloyatidan 292 ta, Sirdaryo viloyatidan 142 ta, Qashqadaryo viloyatidan 108 ta, Samarqand viloyatidan 95 ta, Jizzax viloyatidan 87 ta, Surxondaryo viloyatidan 61 ta, Buxoro viloyatidan 21 ta, Xorazm viloyatidan 16 ta, Navoiy viloyatidan 15 ta va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 6 ta avtomobillar Toshkent viloyati fotoradarlar “nigohi”ga tushgan.
Ushbu aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, ya'ni avtomobil raqami, sana, vaqt va voqea joyi “O‘zbekiston pochtasi”ning ma'lumotlarni qayta ishlash markaziga orqali qoidabuzarni sodir etgan haydovchi va yuridik shaxslarning manziliga pochta orqali jo‘natildi.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026