Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Azarning «Real»ga o‘tish orzusi ushalishiga sanoqli kunlar qoldi
Foto: Getty Images
«Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar «Real»ga o‘tishga yaqin, deb xabar bermoqda Marca.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, uchala tomon ham transfer shartlarini amalda kelishib olishgan, xarid tez orada amalga oshishi kutilyapti.
Qo‘shimcha qilinishicha, Azar yaqin vaqtlar ichida Madridga kelib, shahar bilan tanishgan holda yashash joyini tanlab olish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan kecha, 5 aprel kuni «Eybar»ga qarshi o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Edenni maqtab, jumladan shunday degan edi:
«Azarning o‘yinlari menga doim yoqqan. Bu hech kimga sir emas. Fransiyada o‘ynagan vaqtlarida ham ko‘p kuzatganman. O‘zi bilan shaxsan tanishmiz.
U – qoyilmaqom o‘yinchi. Boshqa hech narsa deya olmayman.
Jamoada kimlar ketishi va qolishi borasida hozircha bir qarorga kelganim yo‘q», – degandi u.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli belgiyalik vinger APLning bu mavsumida 31ta o‘yinda maydonga tushgan va 26ta golda bevosita qatnashgan (14+12).
Mavzuga oid
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:47 / 08.05.2026